» » UFC prezidenti: Konor turli vazn vakillaridan chorlov qabul qilavermasdan, e’tiborini yengil vaznga qaratsa yaxshi bo‘ladi

UFC prezidenti: Konor turli vazn vakillaridan chorlov qabul qilavermasdan, e’tiborini yengil vaznga qaratsa yaxshi bo‘ladi


UFC prezidenti Deyna Uayt so‘nggi vaqtlarda bir nechta chaqiruv olgan Konor Makgregor borasida fikr bildirdi.

“Biz Konor bilan janglar haqida hali gaplashmadik. Hozir u uyida o‘tiribdi va barcha vazn toifalaridan kuniga chorlov qabul qilmoqda. Keyingisi kim bo‘ladi? Daniel Kormye chorlov tashlashini kutyapman. Konor esa ularning har biriga javob berishni o‘zining burchi deb biladi.

O‘ylashimcha, Konor bir joyga o‘tirib, yengil vazn toifasidagi janglarni kuzatishi kerak. Shubhasiz, yengil vazn divizioni uning uchun muhim hisoblanadi. Ko‘ramiz, hammasi nima bilan tugar ekan”, — deydi Uayt.

Avvalroq Makgregor bokschi Oskar de la Hoya, shuningdek, UFC yarim o‘rta vazn vakillari Kamaru Usmon va Anderson Silvadan chorlov qabul qilgan hamda ular bilan jang qilishga tayyor ekanini aytgandi.

Konor so‘nggi jangini yarim o‘rta vazn toifasi vakili Donald Serronega qarshi o‘tkazib, uni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi. Irlandiyalik sportchi yengil va yarim yengil vazn toifasi sobiq chempioni hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют