» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 1,7 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 1,7 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 450 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 4,5 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 382 kishiga yetgan. Hozirga qadar 5057 kishi sog‘aygan, 37 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda 1-iyundan shaharlar orasidagi blokpostlar olib tashlanadi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 60 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi aniqlangan bemorlarning 32 nafari Norin viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi. Bishkekda o‘tgan bir sutka ichida 25 kishida COVID-19 aniqlangan — ularning 2 nafari Rossiyadan kelgan kursantlar. Chuy viloyatida esa 3 kishida virus aniqlangan — ularning 2 nafari Rossiyadan kelgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1722 kishini tashkil etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida koronavirusga chalingan 25 kishi sog‘aygan bo‘lib, Qirg‘izistonda kasallikdan tuzalganlarning jami soni 1113 kishiga yetdi. Hozirda 593 kishi shifoxonalarda qolmoqda (6 nafari jonlantirish bo‘limida), bugungacha 16 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Tojikistonda esa 29-may holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 123 kishiga ko‘payib, 3686 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning umumiy soni esa 1769 nafarga yetgan. Kasallik oqibatida 47 nafar bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Tojikistonga yana bir insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekistonda 2020-yil 30-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3513 nafarni tashkil etmoqda. Shu kungacha mamlakatda bemorlarning 2728 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 771 nafar bemor davolanishda qolmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Mamlakatda hozirga qadar 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют