» » So‘nggi 1 yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu yetakchi, Saloh kuchli beshlikda

So‘nggi 1 yilda eng ko‘p daromad topgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu yetakchi, Saloh kuchli beshlikda


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Portugaliyalik futbolchi 2019-yilning 1-iyunidan 2020-yilning 1-iyuniga qadar 105 million dollar ishlab topgan. Ularning 60 millioni maosh va mukofot pulari bo‘lsa, 45 millioni reklamadan tushgan mablag‘.

Ronaldu sportchilar umumiy reytingida tennischi Rojer Federerdan keyin ikkinchi o‘rinni band etdi.

Futbolchilar orasida kuchli uchlikdan shuningdek, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi (104 million dollar) va PSJ forvardi Neymar (95,5) o‘rin oldi.

Eng ko‘p daromad olgan sportchilar yuzligidan 14 nafar futbolchi o‘rin oldi. Ular bilan tanishing:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют