» » Toshkent viloyatida bir kunda 1500 ga yaqin kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlanib, chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida bir kunda 1500 ga yaqin kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlanib, chora ko‘rildi


Toshkent viloyatida infeksiya tarqalishining oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va ularning salomatligini asrash yuzasidan kuchaytirilgan karantin tadbirlarini nazorat qilishga IIBBdan 1,5 ming nafar xodim jalb qilingan.

Boshqarma matbuot xizmatining xabar berishicha, 29-may kun olib borilgan tadbirlar va o‘tkazilayotgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 400 ta holat qayd etildi va qonuniy chora ko‘rildi.

Shuningdek, 15 ta holatda karantin tadbirlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik kuzatilgan bo‘lsa, 1655 nafar fuqaro rasmiy ogohlantirilgan. Ushbu aniqlangan holatlarning 600 ga yaqini Angren, Olmaliq shaharlari va O‘rta Chirchiq tumanlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, karantin qoidalarini buzish holatlari tadbirlar boshidan bugungi kunga qadar 36 ming ortiq bo‘lsa, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq 1800 dan ortiq holat aniqlangan. Ushbu aniqlangan holatlarning barchasiga qonuniy choralar ko‘rilgan. Viloyat bo‘yicha 104 mingdan ortiq fuqaro rasmiy ogohlantirilgan.

Qoidabuzarliklarning 3500 tasi Angren shahriga to‘g‘ri kelsa, 7500 ortiq holatlar Yangiyo‘l va Qibray tumanlari hamda Olmaliq shaharlariga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, epidemik vaziyat kelib chiqib, 30-may holatiga Toshkent viloyatining 7 ta tuman-shaharlari (Bekobod shahri, Zangiota, Qibray, Parkent, Yuqori Chirchiq, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlari) “qizil” hududga kiritilgan bo‘lsa, 9 tasi (Angren, Chirchiq, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Chinoz tumanlari) “sariq” toifaga, qolgan 6 tasi (Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Piskent tumanlari) “yashil” hududlar toifasiga kiritilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют