» » Key-Liga. Ashurmatov jamoasi mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Tursunov jamoasida ham durang

Key-Liga. Ashurmatov jamoasi mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Tursunov jamoasida ham durang


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 30-may kungi uchrashuvlar yakunlandi.

“Kvanju” jamoasi o‘z uyida “Ulsan Hyonday”ni qabul qildi. Uchrashuvning 12-daqiqasida maydon egalari Om Von Sanning golidan keyin oldinga o‘tib olgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib mehmonlar muvozanatni tikladi.

Shu bilan hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Shu tariqa “Ulsan” yetakchiga aylanib olish imkoniyatidan foydalana olmadi. Ashurmatov jamoasi esa mavsumdagi ilk ochkosiga ega bo‘ldi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov zaxirada qoldi.

Yana bir o‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov to‘p tepadigan “Pusan Ay Park” o‘zida “Suvon”ni qabul qilib nursiz durangga erishdi. Uchrashuvda Tursunov to‘liq harakat qildi.

Pusanliklar mazkur durangdan ochkolarini 2 taga yetkazdi va hali ham g‘alabasiz seriya qayd etmoqda.

Key-Liga

4-tur bahslari

30-may, shanba

Gol: 1:0 — 37 Ko Mu Yol.

Gollar: 1:0 — 12 Om Von San, 1:1 — 22, avtogol Li Han Do.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют