» » 20 yoshli Kay Haverts Bundesliga rekordini yangiladi

20 yoshli Kay Haverts Bundesliga rekordini yangiladi


“Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts Bundesliga 29-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga qarshi bahsda (1:0) jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.

Bu 20 yoshli futbolchi uchun Germaniya chempionatidagi 35-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Haverts Bundesliga tarixida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Bu borada Kay “Shalke-04” sobiq hujumchisi Klaus Fisher (21 yoshga qadar 34 gol) va “Kyoln” sobiq forvardi Diter Myullerni (32) ortda qoldirdi. “Bavariya” sobiq o‘yinchisi va prezidenti Uli Hyoness 28 ta gol bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

So‘nggi 6 o‘yinda 7 ta gol urgan Kay “Bayer” safidagi umumiy gollari sonini 43 taga yetkazib olgan holda klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar top-15 ligidan joy oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют