» » Sirdaryoda charchab uxlab qolgan haydovchi YTH qurboni bo‘ldi

Sirdaryoda charchab uxlab qolgan haydovchi YTH qurboni bo‘ldi


Sirdaryo viloyatida 30-may kuni soat 05:20 larda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa Xovos tumani “Xovosobod” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 151-kilometrida sodir bo‘lgan. Dushanbe—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan haydovchi 1988-yilda tug‘ilgan X.L. ismli erkak Nexia’ni boshqarayotib, charchoq sabab harakat vaqtida uxlab qolgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turish uchun o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida 32 yoshli haydovchi X.L. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida ham ikki kun ichida haydovchilarning uxlab qolishi bilan bog‘liq ikkita YTH sodir bo‘lgan va 3 kishi shifoxonaga tushib qolgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют