» » So‘nggi 1 yil ichida eng ko‘p daromad topgan bokschi va MMA jangchisi ma’lum bo‘ldi

So‘nggi 1 yil ichida eng ko‘p daromad topgan bokschi va MMA jangchisi ma’lum bo‘ldi


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Tayson Fyuri so‘nggi bir yillikdan bokschilar orasida eng ko‘p daromad topdi.

Forbes nashri 2019-yil 1-iyunidan 2020-yil 1-iyuniga qadar bo‘lgan muddatda eng ko‘p daromad qilgan sportchilar reytingini e’lon qildi. Bu vaqt ichida 57 million dollar ishlab topgan Fyuri ro‘yxatning 11-pog‘onasidan joy oldi. Uning 50 millioni gonorar bo‘lsa, 7 millioni reklamadan tushgan mablag‘ hisoblanadi.

MMA jangchilar orasida eng ko‘p pul topgan sportchi Konor Makgregor bo‘ldi. U 48 million dollar daromad bilan umumiy reytingning 16-pog‘onasiga joylashdi. Irlandiyalik yakkakurashchi kuchli yuzlikdan o‘rin olgan yagona MMA vakili bo‘ldi.

Boks bo‘yicha og‘ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (47 million dollar) 19-o‘rinda qayd etildi. Yana bir og‘ir vazn vakili Deontey Uaylder (46 mln) 20-o‘rinni band etdi. Shuningdek, o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Saul “Kanelo” Alvares (37 mln) 30-o‘rinni egalladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют