» » Bundesliga. “Bavariya” javobsiz 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, Levandovskidan dubl (video)

Bundesliga. “Bavariya” javobsiz 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, Levandovskidan dubl (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan 30-may, shanba kungi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Bavariya” o‘z uyida “Fortuna”ni mehmon qilib, raqib darvozasida javobsiz beshta gol urdi. 15-daqiqada Benjamen Pavarning tepgan to‘pi mehmonlar futbolchisi Matias Yorgensenga tegib darvozadan joy olgan bo‘lsa, 29-daqiqada Pavarning o‘zi gol muallifiga aylandi.

Birinchi bo‘lim yakuni va ikkinchi bo‘lim debyutida Robert Levandovski ikkita chiroyli golga muallif bo‘ldi. 52-daqiqada Alfonso Devis myunxenliklarning beshinchi golini urdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolarini 67 taga yetkazib olgan holda chempionlik uchun yana bir qadam tashladi.

“Shalke-04” o‘z uyida “Verder”ga yutqazib qo‘ydi va g‘alabasiz seriyasini o‘nta o‘yinga yetkazdi. “Herta” esa Berlinda “Augsburg”ni taslim etgan holda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. “Ayntraxt” ham bu turda g‘alaba qozonishga erishdi.

Bundesliga

29-tur bahslari

30-may, shanba

Gollar: 1:0 – 15, avtogol Yorgensen, 2:0 – 29 Pavar, 3:0 – 43 Levandovski, 4:0 – 50 Levandovski, 5:0 – 52 Devis.

“Bavariya”: Noyer, Lyuka Ernandes (Kyuizans, 46), Pavar (Odriosola, 62), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Gnabri (Mayer, 78), Koman (Perishich, 62), Levandovski, Myuller (Zirkzee, 75).

“Fortuna”: Kastenmayer, Hoffmann, Yorgensen, Gisselmann, Simmermann (Simmer, 67), Morales (Zobottka, 57; Pledl, 73), Tommi (Zuttner, 66), Karaman, Shteger (Berisha, 57), Skribski, Bodzek.

Ogohlantirishlar: Karaman (26), Zuttner (90).

Gol: 0:1 – 32 Bitenkur.

Gol: 0:1 – 43 Bebu.

Gollar: 1:0 – 23 Dilrosun, 2:0 – 90+3 Piontek.

Gollar: 0:1 – 27, penalti Andre Silva, 1:1 – 58 Mbabu, 1:2 – 85 Kamada.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют