» » UFC 31-may tongida navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi. Uni qanday tomosha qilish mumkin?

UFC 31-may tongida navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi. Uni qanday tomosha qilish mumkin?


Las-Vegas shahrida (AQSh, Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 31-may tongida UFC’ning so‘nggi uch hafta ichidagi to‘rtinchi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

UFC Fight Night tasnifidagi navbatdagi musobaqaning asosiy jangi yarim og‘ir vazn toifasi sobiq chempioni Tayron Vudli va Gilbert Byorns o‘rtasidagi kechadi. Hozirda Vudli mazkur vazn toifasi reytingida peshqadamlik qilmoqda, ushbu toifa chempioni Kamaru Usmon hisoblanadi.

Kechaning yana bir muhim voqeasi og‘ir vazn toifasi vakillari Augusto Sakai va Blagoy Ivanov o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

Musobaqani qanday ko‘rish mumkin?

@Daryo_Sport24 — “Daryo.uz”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanalida musobaqa matnli onlayn translyatsiya qilinadi.

@UFCBOXUZ — Telegram’dagi MMA sport turiga ixtisoslashgan ushbu kanalda ham barcha janglar videosi berib boriladi.

“Allplay.uz” — ushbu saytda (yoki ilovasida) UFC TV kanali (obuna pullik) musobaqani jonli efirda namoyish etadi.

Musobaqa juftliklari bilan tanishing:

Asosiy kard janglari

Tayron Vudli — Gilbert Byorns

Augusto Sakai — Blagoy Ivanov

Geyb Grin — Daniel Rodriges

Ruzvelt Roberts — Brok Uiver

Makkenzi Dern — Hanna Chifers

Boshqa janglar

Keytlin Chukagyan — Antonina Shevchenko

Billi Kuarantillo — Spayk Karlayl

Jamahal Hill — Klidson Abreu

Tim Elliott — Brendon Royval

Luis Smolka — Keysi Kenni

Kris Gutyerres — Vins Morales



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют