» » Farg‘onada obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlarining 202 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi

Farg‘onada obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlarining 202 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi


Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari tomonidan juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari “Sh-T.” MChJ rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mavzuga doir: Jizzaxdagi maktabda 200 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

Xususan, ushbu mansabdorlar tumandagi “Qo‘chqorchi”, “Namuna”, “Lashkar” hamda “Do‘stlik” MFYlardagi ko‘chalarni yoritish uchun 60 dona metall ustun va ularga tungi chiroqlarni o‘rnatish bo‘yicha aslida o‘tkazilmagan tanlovda “Sh-T.” MChJ g‘olib bo‘lganligi haqida soxta hujjatlarni tuzib, yuqoridagi ko‘chalarda 75,5 million so‘mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ishlar to‘liq bajarilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, jamiyat hisob raqamiga 278 million so‘mni o‘tkazib, 202,4 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari hamda “Sh-T.” MChJ rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqand xalq ta’limi tizimida 6 milliarddan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют