» » Avstraliyada dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi

Avstraliyada dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi


Avstraliyada qayd etilgan yirik o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng ilk marta koala dunyoga keldi, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Jonivor Yangi Janubiy Uels shtatida joylashgan sudralib yuruvchilar bog‘ida tug‘ilgan. U yong‘inlardan so‘ng birinchi marta dunyoga kelgan xaltali hayvonlar vakili hisoblanadi.

Jajji koala besh oylik bo‘lib, u endigina onasining xalatasidan ko‘rinish bera boshladi.

Bog‘ xodimlari yangi tug‘ilgan jonivorga Esh deb ism qo‘ydi. Esh ingliz tilidan tarjima qilinganida “kul” degan ma’noni anglatadi.

“Esh — Avstraliyadagi fojiali yong‘inlardan so‘ng dunyoga kelgan birinchi koala. U Avstraliya yovvoyi tabiati kelajagiga umid uyg‘otadi”, — deydi bog‘ xodimlari.

FIRST KOALA JOEY OF THE SEASON!

We have a very special announcement... Our very first koala of the season has popped out of Mums pouch to say hello! ???? Keepers have decided to name her Ash! Ash is the first koala born at the park since the tragic Australian bushfires and is a sign of hope for the future of Australia’s native wildlife.

Geplaatst door Australian Reptile Park op Maandag 25 mei 2020

2019-yilning oktabr oyida Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari kuzatildi. Fojia oqibatida turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 17-24 kishi halok bo‘ldi. Yana shuncha odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

1400 dan ortiq uy-joy, 6,5 million gektar maydondagi o‘rmonlar yonib ketdi.

Bir milliarddan ortiq sut emizuvchi jonivorlar, qushlar va sudralib yuruvchilar nobud bo‘ldi.

Mavzuga doir: Olimlar 13 yildan beri koalalarning qanday suv ichishini aniqlay olmayotgan edi. Birgina video ushbu sirni oshkor qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют