» » Guliston shahrida 6 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Guliston shahrida 6 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Joriy yilning 7-yanvar sanasidan  8-yanvar kuniga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyati Guliston shahar Nosir Zokirov ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida o‘g‘irlikka tushgan fuqaro tungi yo‘nalish militsiya xizmati vakillari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar berdi Ichki ishlar matbuot xizmati.

Guliston shahar IIB huzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi militsionerlari kichik serjant J.Abbosov hamda safdor O.Abdullaevlar xizmat vaqtida soat 05:35 larda yo‘nalish militsiyasi qo‘rig‘idagi 335-sonli do‘konga noma’lum shaxs kirganligini sezib, ushbu do‘konni ko‘zdan kechirgan.

Do‘kon ichida 1998-yilda tug‘ilgan, o‘zbek millatiga mansub  N.X ismli shaxs 40 dona har xil turdagi yangi uyali telefon apparatlari, 1 dona kassa apparati hamda 1 dona kompyuterning elektr ta’minot bloki, jami 6 million so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan va Guliston shahar IIBga topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan 20/10673-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют