» » Mudofaa vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Mudofaa vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi


O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan ikkita harbiy okrugda lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy okrug matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, podpolkovnik Nuriddin Qodirov Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Ulug‘bek Do‘smatov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Nuriddin Qodirov 2019-yilning aprel oyidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshaqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Ulug‘bek Do‘stmatov 2017-yilning oktabr oyidan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Polkovnik Ulug‘bek Do‘smatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil olgan. Ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini Nukus garnizonidan boshlagan. Vazirlik qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan. Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют