» » Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgazib yuborishi oqibatida 6 yoshli bola vafot etdi

Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgazib yuborishi oqibatida 6 yoshli bola vafot etdi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 30-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 30-may kuni soat 19:30 larda “Ravalliq” MFYdagi Gulshan ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1959-yilda tug‘ilgan T.N. ismli erkak “Gaz-69” rusumli transport vositasida stol-stullarni shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan tanishi, 2005-yilda tug‘ilgan S.E. ismli o‘g‘il bola avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgazib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014-yilda tug‘ilgan B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

6 yoshli o‘g‘il bola og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda Damas 2 yoshli bolani, Namanganda “Jiguli” 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolalar vafot etdi

YHXBB barcha haydovchilardan transport vositasini ochiq holda, kaliti bilan qarovsiz qoldirmaslikni, ota-onalar farzandlariga e’tiborli bo‘lishini so‘rab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют