» » Meva-sabzavotlarni belgilangan hajmda eksportga yetkazib bermagan tumanlar hokimlari lavozimidan olinishi mumkinligi haqida ogohlantirildi

Meva-sabzavotlarni belgilangan hajmda eksportga yetkazib bermagan tumanlar hokimlari lavozimidan olinishi mumkinligi haqida ogohlantirildi


Meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan hajmda eksportga yetkazib berishni ta’minlamagan tumanlar hokimlari ularning egallab turgan lavozimida qolishi yoki qolmasligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi. Bu masalaga Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida e’tibor qaratildi, deb yozadi O‘zA.

2017-yilning birinchi choragida eksport hajmi 2016-yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga oshganiga qaramasdan, turli tarmoqlar va hududlardagi qator korxonalar eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni to‘liq bajarmagani ta’kidlandi. Xususan,“O‘zagrotexmash”, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni korxonalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi hududiy korxonalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarni bajarishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilgan. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan qator tumanlar, jumladan, Oltinko‘l (Karimov), Buloqboshi (Maxsudov), Qo‘rg‘ontepa (Ergashev), Xo‘jaobod (Ismoilov), Buxoro (Esonov), Vobkent (Javodov), Baxmal (Safarov), Sariosiyo (Jo‘rayev), Sirdaryo (Nazarov) va Quva (Rahmonov) tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish prognozlari bajarilmagan.

Eksport prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun “O‘zagrotexsanoatxolding” (Otajonov), “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding (Rustamov) kompaniyalari, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati (Zaripov), “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni (Do‘stmurotov) rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari faoliyati tanqid qilindi.

2017-yilning birinchi choragida meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan hajmda eksportga yetkazib berishni ta’minlamagan tumanlar hokimlari birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini bajarmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimida qolishi yoki qolmasligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

Eksport prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlamagan tarmoqlar va hududlar rahbarlariga o‘n kun muddatda yo‘l qo‘yilgan ortda qolishning o‘rnini to‘ldirish va joriy yil birinchi yarmi va, umuman, 2017-yil yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan eksport ko‘rsatkichlariga chiqish maqsadida har bir korxona kesimida mavjud muammoli masalalarni bartaraf etishga doir aniq choralar ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini, jumladan, ushbu mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan 66 tumanda ekinlarni o‘z vaqtida ekish, mahsulotlarni tayyorlash, shartnomalar tuzish va jo‘natish orqali eksport ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют