» » AQShning BMTdagi doimiy vakili Liviya neft zaxiralari talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Liviya neft zaxiralari talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi


Liviyaning neft zaxiralari mamlakatni qayta tiklash uchun zarur va xalqaro hamjamiyat ular talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“BMT va Liviyaning xalqaro sheriklari Milliy birdamlik hukumatiga mamlakat resurslarini boshqarishda ko‘mak berishi lozim. Hukumat liviyaliklar kundalik ehtiyojlarini qondira olishi uchun mahalliy neft sanoatini himoya qilish talab etiladi. Guruhlar neftni olib chiqib ketayotganida Liviyaning kelajagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. Bu resurslar Liviyaning vayron bo‘lgan iqtisodiyotini tiklash uchun zarur. Xalqaro hamjamiyat hukumat va Milliy neft korporatsiyasi bilan noqonuniy operatsiyalarga chek qo‘yish uchun yaqin hamkorlikda ishlashi lozim”, — deya ta’kidladi Nikki Xeyli.

O‘tgan yil sentabrida Tripolidagi hukumatga bo‘ysunmaydigan Liviya milliy armiyasi Sirt ko‘rfazi qirg‘og‘idagi eksport bilan shug‘ullanadigan barcha asosiy portlar ustidan nazorat o‘rnatgandi. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda 5 yil avval boshlangan urushga qadar Liviya dunyoda neft eksporti bo‘yicha 12-o‘rinda turardi. Oxirgi 3,5 yilning o‘zida tarmoqning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatmagani oqibatida ko‘rilgan zarar 100 milliard dollardan oshdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (20-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют