» » O‘zbekistonda yana 29 kishi kasallandi va koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 3583 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 29 kishi kasallandi va koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 3583 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 31-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 29 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3583 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, bittasi esa Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqaroda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni oxirgi bir sutka ichida 54 nafarga ko‘paygan va 2837 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga chalingan uch bemor reanimatsiyaga olindi

Avvalroq 31-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni sakkiz kishiga ko‘payib, 3554 nafarga yetgani xabar qilingandi. 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 14 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют