» » 80 ming dollarlik qo‘g‘irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taltaytiradigan mashhurlar

80 ming dollarlik qo‘g‘irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taltaytiradigan mashhurlar


1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan farzandidan hech narsani ayamaydigan, ba’zan ularni haddan ziyod erkalatib yuboradigan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.

Shahzoda Jorj

Britaniya qirolligining faxri, yoqimtoy shahzoda Jorj, yuzidan tabassum arimasligi va hamisha a’lo kayfiyatda bo‘lishi bilan kattayu kichikning mehrini qozongan. Oila a’zolarini-ku aytmasa ham bo‘laveradi. Jorjning buvisi Kerol Middlton bayramlardan birida nabirasiga dunyodagi eng qimmatbaho o‘yinchoqlardan birini: tebranadigan zebra sovg‘a qilgan. Stevenson Brothers firmasiga qarashli mazkur o‘yinchoq uchun 5742 dollar sarflangan. Bu summa shahzoda Charlz tomonidan taqdim qilingan 22 ming dollar furgonli uycha oldida hech narsa emas.

Blyu Ayvi Karter

Blyuning ota-onasi xonanda Jey-Zi va Beyonse qizining og‘zidan chiqqanini muhayyo qiladi. Qizaloq bir yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantana uchun yulduzli juftlik 200 ming dollar to‘lagan. Blyuning o‘yinchoq va buyumlari nafaqat o‘ziga xosligi, balki narxi? bilan ham kishini lol qoldiradi. Swarowski toshlari bilan yasatilgan vanna, narxi 80 ming dollar bo‘lgan brilliant Barbie bunga yaqqol misol.

Harper Seven Bekhem

Futbolchi Devid Bekhem va uning turmush o‘rtog‘i Viktoriya qizalog‘i Harperni keragidan ortiq taltaytiradi. U bolaligidan moda namoyishlarida ishtirok etishi yetmagandek, tug‘ilgan kunini qirollik saroyida nishonlashga ham ulgurgan. Bekhemning o‘g‘illaridan ham ko‘ra qiziga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. U qizi uchun taniqli rassom Demiyen Herst tomonidan chizilgan, narxi 600 ming dollarlik yurak suratini sovg‘a qilgan. “Otasining qizi?” deb nomlangan surat Harner xonasining devorini bezab turadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют