» » Jalaquduqda ayol o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘ldi. Unda ruhiy xastalik bo‘lgani aytilmoqda

Jalaquduqda ayol o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘ldi. Unda ruhiy xastalik bo‘lgani aytilmoqda


Andijon viloyatining Buloqboshi tumani “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Janubiy Farg‘ona kanalining GES-1 to‘g‘onidan 31-may, yakshanba kuni tong soat 06:30 atrofida yoshi, taxminan, 60-70 larda bo‘lgan ayol jasadi topilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida jasad Andijon shahrida istiqomat qiluvchi S.S. ismli ayolniki ekani aniqlangan (uni ukasi X.T. tanigan).

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 30-may kuni uydan Xo‘jaobod tumanidagi opasinikiga borish maqsadida chiqib ketib, aslida Jalaquduq tumanidagi yoshlikdan o‘zi katta bo‘lgan ko‘chaga borgan va u yerda Janubiy Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlagan.

“Dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida S.S. viloyat psixonevrologiya dispanserida davolanib chiqqani va ruhiy xastaligi mavjud bo‘lgani aniqlangan, dispanserga tegishli so‘rovnomalar yuborilgan”, — deyiladi idora axborotida.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют