» » Jasur Yaxshiboyevsiz “Energetik-BGU” 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shahboz Umarov debyut golini urdi

Jasur Yaxshiboyevsiz “Energetik-BGU” 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shahboz Umarov debyut golini urdi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 11-turida “Energetik-BGU” 31-may, yakshanba kuni “Vitebsk”ni qabul qildi.

Keskin kurash va gollarga boy bo‘lgan bahsda jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvdagi beshta gol birinchi bo‘limda urildi.

Maydon egalari safida Dushan Bakich, David Tve va Shahboz Umarov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 40-daqiqada kiritilgan to‘p o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarov uchun Belarus Oliy Ligasidagi debyut gol bo‘ldi. Mehmonlarning javob to‘plariga Diyego Santos va Ion Nikoleyesku mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida minskliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi: Yevgeniy Yudchits o‘ta qo‘pol harakati uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida Julio Sezar muvozanatni tikladi.

Uchrashuvni “Energetik-BGU”ning to‘purari Jasur Yaxshiboyev o‘tkazib yubordi. O‘zbekistonlik hujumchining sariq kartochkalari yig‘ilib qolgandi. Umarov esa 61-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur durangdan so‘ng “Energetik-BGU” ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Belarus Oliy Ligasi

11-tur bahsi

31-may, yakshanba

Gollar: 0:1 – 8 Santos, 1:1 – 33 Bakich, 2:1 – 40 Umarov, 2:2 – 42, penalti Nikoleesku, 3:2 – 44 Tve, 3:3 – 90+4 Sezar.

“Energetik-BGU”: Lesko, Mavatu, Yudchits, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 77), Nosko, Tve, Umarov (Musaxanyan, 61), Girs, Shkurdyuk.

“Vitebsk”: Gushenko, Chalov, Sezar, Skitov, Nazarenko, Matveyenko, Kalenchuk, Volkov (Fedosov, 82), Gurenko (Vasilev, 74), Nikoleesku, Santos (Ksenofontov, 80).

Ogohlantirishlar: Santos (9), Skitov (28), Nikoleesku (71), Mavatu (76).

Chetlatish: Yudchits (56).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют