» » Namanganda uyida ta'lim olayotgan 600 nafar bola yo‘qlandi

Namanganda uyida ta'lim olayotgan 600 nafar bola yo‘qlandi


Namanganda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan uyida yakka tartibda ta’lim olayotgan 600 nafar o‘quvchi yo‘qlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Ularga cholg‘u asboblari, sport anjomlari, badiiy adabiyotlar va o‘quv qurollari topshirilgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Namanganda jami 1065 nafar bola uyida yakka tartibda ta’lim olmoqda. Ular jismoniy harakati va ruhiy rivojlanishida nuqsonlar kuzatilgan o‘quvchilar hisoblanadi.

“Shuningdek, viloyat psixofizik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim–kechak, gigiyenik vositalar hamda shirinliklar topshirildi. Ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj voyaga yetmaganlar va profilaktik nazoratga olingan o‘quvchilar xonadonlariga borib, sovg‘a-salomlar berildi. Bunday yo‘qlovlar yana davom etmoqda”, – deydi viloyat prokurorining katta yordamchisi Sardor Nishonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют