» » Samarqanddagi “qizil” hududda ham stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

Samarqanddagi “qizil” hududda ham stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi


1-iyundan boshlab Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) ruxsat berilgan.

Fuqarolar avtotransport vositalaridan ish joyiga borib-kelish, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 30-may kuni O‘zbekistonning tuman va shaharlari kesimida karantin darajasini qayta ko‘rib chiqqan edi. Unga ko‘ra, Samarqand shahri, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq hamda Urgut tumanlari “qizil” hududga kiritilgan.

Mavzuga doir: Payariqda koronavirusga chalinganlarning 10 dan ortig‘i tibbiyot xodimi, ikki nafari esa o‘quvchi ekani ma’lum qilindi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yumshatilgan. 18-maydan “sariq” toifadagi hududlarda shaxsiy avtotransport vositalarini stikersiz soat 06:00 dan 22:00 gacha boshqarishga, “yashil” hududlarda esa umuman cheklovsiz foydalanishga ruxsat berilgan edi. 26-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirishni buyurgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют