» » Xitoyda bir sutkada 32 kishida, Janubiy Koreyada esa 35 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda bir sutkada 32 kishida, Janubiy Koreyada esa 35 kishida koronavirus qayd etildi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 16 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 16 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 3 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, kasallanganlarning barchasi virusni chetdan yuqtirgan.

Xitoyda umumiy hisobda 83 017 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 307 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 76 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 16 kishi infeksiyani belgilarsiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 397 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 35 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 503 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Yangi kasallanish holatlarining 30 tasida bemorlar virusni mamlakatning o‘zida, qolgan 3 tasida esa chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 7 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqib, tuzalganlarning umumiy soni 10 422 nafarni tashkil qilmoqda. Virus qurbonlari soni esa yana bir kishiga ortib, 271 nafarga yetdi.

So‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada kunlik kasallanishlar soni 30-80 kishini tashkil qilmoqda. Epidemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanishlar soni 10-20 tagacha kamaygan, 6-may kuni esa bu ko‘rsatkich 2 kishigacha tushgandi. Yangi kasallanish o‘choqlarining paydo bo‘lishi kasallanishlar soni yana ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют