» » DXX 5 ming dollar evaziga konservatoriyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan litsey o‘qituvchisini qo‘lga oldi

DXX 5 ming dollar evaziga konservatoriyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan litsey o‘qituvchisini qo‘lga oldi


O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga DXXdagi manbalari xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi katta o‘qituvchisi A.A. ushbu litseyni bitirgan o‘quvchini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi departament vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida A.A. bu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik ) va 28 (Jinoyat ishtirokchilari), 211-moddalari (Pora berish)ga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют