» » Hindistonda josuslikda ayblanib, 3 yilga qamalgan kabutar ozodlikka chiqarildi

Hindistonda josuslikda ayblanib, 3 yilga qamalgan kabutar ozodlikka chiqarildi


Hindiston politsiyasi josuslikda gumonlangan Pokiston kabutarini hibsdan ozod qildi. Qush ikki mamlakat o‘rtasidagi bahsli chegaradan uchib o‘tganidan so‘ng uni josuslikda gumon qilishgandi, deb yozadi Toronto Sun.

Qushni tekshirish jarayonida shubhali hech narsa ko‘zga tashlanmagan.

Qayd etilishicha, kabutar dastlab pokistonlik baliqchiga tegishli bo‘lgan. Biroq qaysi yo‘nalishda uni uchirishgani hamda uning egasiga qaytarilgani haqida ma’lumot berilmagan.

“Bu shunchaki aybsiz qush”, — degan edi kabutarning egasi Habibulla. U Hindiston fuqarolarini kabutarini politsiyaga topshirmay, o‘ziga qaytarishga chaqirgandi.

Qushning oyog‘iga yozilgan raqam mahalliy aholi vakillarining xavfsirashiga sabab bo‘lgandi. Ular raqamni bahsli chegaradagi terrorchilarga atalgan kod deb o‘ylagandi.

Habibulla esa kabutar qushlar poygasida ishtirok etgani, oyog‘ida uning telefon raqami yozilganini aytgan edi.

Qayd etilishicha, chegaraoldi qishloqlarida bunday azart o‘yinlar ommabop bo‘lib, ko‘pincha qushlar musobaqa paytida yo‘qolib qoladi.

Mavzuga doir: Argentinada to‘tiqush qotillik jinoyati bo‘yicha sudda guvoh sifatida ko‘rsatma beradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют