» » Sirdaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3673 kishiga yetdi

Sirdaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3673 kishiga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 1-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 11 nafarga ko‘payib, 3673 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7 nafari Toshkent shahrida qayd etilgan. Ularning 3 nafari aholi orasidan aniqlangan, 4 nafari esa statsionar karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, yangi kasallanganlarning 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari hisoblanadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2859 nafar fuqaro kasallikdan sog‘aygan. Mamlakatda 15 nafar bemor kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: “O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchida va Yunusoboddagi do‘kon sotuvchisida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют