» » “O‘rgimchak odam”ning yangi filmlarida Hyundai avtomobillaridan foydalaniladi

“O‘rgimchak odam”ning yangi filmlarida Hyundai avtomobillaridan foydalaniladi


Hyundai kompaniyasi va Sony Pictures Entertainment hamkorlik kelishuvini imzoladi. Unga ko‘ra, endilikda Sony Pictures’ning kelajakdagi blokbasterlarida Koreya markasining modellari paydo bo‘ladi, deb xabar qiladi Motor.

Hyundai va Sony Pictures o‘zaro multiformat reklama hamkorligini yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Hamkorlik doirasida yangi modellar va Koreya texnologiyalari kinokompaniya mahsulotlari bilan integratsiyalashadi. Bunda Hyundai studiyaning filmlariga marketing qo‘llab-quvvatlovini ko‘rsatadi va ikkala kompaniya “multiplatformali kontent” yaratish ustida ish boshlaydi. Hamkorlik Sony Pictures’ga Hyundai’ning texnologiya va dizayn sohasidagi yutuqlari bilan birlashish imkonini beradi.

Hyundai’ning yangi modellari Sony Pictures’ning navbatdagi beshta filmida ko‘rinish beradi, jumladan, 2021-yilning iyulida ekran yuzini ko‘radigan “Tekshirilmagan”, 2021-yilning dekabriga mo‘ljallangan “O‘rgimchak odam: Uydan yiroqda” sikvelida, 2022-yilda chiqadigan “O‘rgimchak odam: Koinot bo‘ylab” multfilmida, shuningdek, nomi sir tutilayotgan yana ikki filmda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют