» » Podachi qunduz: Dunyodagi eng “kanadabop sahna” (video)

Podachi qunduz: Dunyodagi eng “kanadabop sahna” (video)


Kanadaning Saskachevan provinsiyasi Ituna shahrida istiqomat qiluvchi fermerlar – Adriyenna va Aaron Ayvilar 980 CJME mahalliy radiostansiyaga qiziqarli hodisa haqida so‘zlab berdi. Mol podasini tekshirayotgan vaqtda ular sigirlarning odatdagidek maydon bo‘ylab tarqalmasdan, bir joyga to‘planib qolganini payqadi, deb xabar bermoqda TJournal.

Ma’lum bo‘lishicha, qunduz sigirlar e’tiborini o‘ziga qaratgan. Kanadalik juftlik hodisani videoga oldi. Unda sigirlar kemiruvchining harakatini kuzayotgani aks etgan. Qunduz harakatlansa – mol podasi ham harakatlanmoqda, kemiruvchi to‘xtasa – sigirlar yarim aylana shaklida ma’lum masofada to‘xtamoqda.

Yosh sigirlar o‘smirlarga o‘xshaydi. Ular qiziquvchan bo‘lgani uchun qunduzning harakatlaridan mamnun edi.

Adriyenna, fermer

Adriyennaning qo‘shimcha qilishicha, u ranchoga yovvoyi hayvonlar kelishini ko‘p ko‘rgan, ammo sigirlar e’tiborini o‘ziga qarata olgan qunduzni avval kuzatmagan.

Fermerning ta’kidlashicha, qunduz o‘zi uchun uycha qurishga joy izlagan, yosh sigirlar esa nima bo‘layotganini tushunmay, uning harakatlaridan zavq olgan.

Adriyennaning aytishicha, u mazkur videoning internetda mashhur bo‘lib ketganidan hayratda emas, chunki videoda dunyodagi eng “kanadabop sahna”ni ko‘rish mumkin edi. Qunduz Kanadaning milliy ramzlaridan biri, shuningdek, mamlakat o‘zining mol go‘shti bilan farqlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют