» » O‘zbekistonning “yashil” hududlarida o‘quv markazlarining o‘z ishini boshlashi masalasiga aniqlik kiritildi

O‘zbekistonning “yashil” hududlarida o‘quv markazlarining o‘z ishini boshlashi masalasiga aniqlik kiritildi


O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 1-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatning “yashil” hududlarida o‘quv markazlari o‘z ishini qayta boshlashi mumkin yoki yo‘qligiga aniqlik kiritdi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, karantin choralari yengillaganiga qaramay, barcha turdagi ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qoladi. “Yashil” hududlarda o‘quv markazlari o‘z ishini qayta boshlashi mumkin emas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin vaqtida ishlab chiqarish jarayoni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tomonidan tekshirilishi mumkin. Bunda nafaqat ishlab chiqarish, balki barcha tadbirkorlik subyektlarida ularni xabardor etgan holda tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin.

Tekshiruvlarda bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan karantin davrida vaqtinchalik tasdiqlangan sanitariya qoida va me’yorlari va Respublika maxsus komissiyasi qarorlarining ijrosi o‘rganiladi.

Bosh davlat sanitariya inspektorining bildirishicha, kasallik aniqlanmagan hududlarda karantinni bekor qilib bo‘lmaydi, chunki vaziyat tez o‘zgarishi mumkin. “Buni ‘yashil’dan ‘qizil’ga aylangan hududlar misolida ham ko‘rish mumkin”, — deya ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasining davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonlarini davom ettirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng o‘quv markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish mumkin bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi. Mazkur qarorga ko‘ra, mamlakatning barcha hududlarida ularning toifasidan qat’i nazar ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют