» » Navbahorda karantin qoidalarini buzgan tadbirkordan pora talab qilgan sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori ushlandi

Navbahorda karantin qoidalarini buzgan tadbirkordan pora talab qilgan sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori ushlandi


Navoiy viloyati Navbahor tumanida karantin qoidalarini buzgan yakka tartibdagi tadbirkordan huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan ma’muriy bayonnomani yo‘q qilish evaziga pora talab qilgan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Navbahor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Navbahor tumani filiali inspektori Sh.H. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, yakka tartibdagi tadbirkor H.M.ga niqobsiz yurganligini vaj qilib, unga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomani yo‘q qilish evaziga 100 ming so‘m porani talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют