» » Video: Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni so‘zga chaqirishi va so‘xliklarning bunga munosabati

Video: Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni so‘zga chaqirishi va so‘xliklarning bunga munosabati


Bosh vazir Abdulla Aripovning 1-iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi bilan o‘tkazgan ochiq uchrashuvida mahalliy jamoatchilik faollari Qirg‘iziston hududi orqali O‘zbekistonga o‘tishda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan shikoyat qildi. Muloqot videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Xususan, so‘zga chiqqanlardan biri farzandi o‘z vaqtida qo‘shni mamlakat vakillarining tahdididan so‘ng reanimatsiyaga tushgani, boshqalarning bolalarini qamab qo‘yayotganini, xavfsiz koridorsiz O‘zbekistonga o‘tish imkonsiz bo‘lib qolganini, bayon qilib: “Iltimos, mana shuncha xalqqa rahmingiz kelsin”, deb bosh vazirga murojaat qilgan.

Bunga javoban bosh vazir Abdulla Aripov: “Hoji aka, bundan keyin bunday bo‘lmaydi”, — deya Farg‘ona viloyati hokim Shuhrat G‘aniyevga murojaat qilmoqchi bo‘lgan. Shunda uchrashuvga kelgan so‘xliklar baqir-chaqir bilan keskin norozilik bildirgan.

Shundan so‘ng bosh vazir aholini tinchlantirishga uringan, mahalliy faollardan biri esa yig‘ilganlarga tojik tilida murojaat qilib, tartibni saqlashga chaqirgan.

31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan “Chashma” bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun choralar qabul qilish muhimligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют