» » Toshkent viloyatida karantin boshidan buyon 15560 ta avtotransport jarima maydoniga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent viloyatida karantin boshidan buyon 15560 ta avtotransport jarima maydoniga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi


Toshkent viloyati IIBB tomonidan 31-may kun o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 1 722 ta holat qayd etildi.

Boshqarma matbuot xizmatining xabar berishicha, aniqlangan holatlarning 400 ga yaqini Zangiota va Qibray tumanlari hamda Angren shahriga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, ikki kun davomida 3 113 nafar fuqaro karantin qoidalarini buzmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirilgan.

Xususan, IIBB YHXB inspektorlari 31-may kuni 141 nafar haydovchi karantin qoidalarini buzganini aniqlagan. Undan bir kun avval 108 ta shunday qoidabuzarliklar qayd etilgan. Transport vositasini hujjatsiz boshqarish bo‘yicha 31-may kuni 463 ta, 30-may kuni esa 265 ta holat aniqlangan.

Shuningdek, transport vositasini mast holda boshqarish bilan bog‘liq 31-may kuni 7 ta, 30-may kuni esa 15 ta holat aniqlangan. Shu va boshqa turdagi qoidabuzarliklar bilan karantin tadbirlari boshidan hozirgi kunga qadar 15 560 ta avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, 1-iyun kunidan boshlab, Toshkent viloyati IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar vakillaridan tuzilgan maxsus guruh tomonidan karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan “qizil” toifaga kiritilgan hududlarda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют