» » Janubiy Koreya prezidentligiga asosiy nomzod KXDRni Seulning bosh dushmani deb tan olishdan bosh tortdi

Janubiy Koreya prezidentligiga asosiy nomzod KXDRni Seulning bosh dushmani deb tan olishdan bosh tortdi


Koreya Respublikasida saylovoldi poygada favorit bo‘lib turgan Mun Chje In KXDRni o‘z mamlakatining asosiy dushmani deb atashdan bosh tortdi. Bu haqda u televizion debatlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Prezidentlikka nomzod bunday hamla bilan tashlanishi kerak emas, deb hisoblayman. Milliy mudofaa vazirligi Shimolni dushman deb atashi — o‘zlarining ishi, ammo prezidentlikka nomzod bunday deyishi ma’qul emas”, — dedi Mun Chje In.

“Shunday holat bo‘lishi mumkinki, prezidentlikka da’vogar saylangan taqdirda, u ikkita Koreya o‘rtasida tinchlik o‘rnatish maqsadida Pxenyan bilan shaxsan muzokaralar olib borishi va tinch birlashish ustida ishlashi kerak bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritdi u.

Mun Chje Inning rasmiy vakili keyinroq prezidentlikka nomzodning bu gapi uning “KXDRparast yo‘nalishi”dan dalolat bermasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mun Chje In saylovlarda g‘olib chiqqan taqdirda, “mudofaa vaziriga Pxenyanning gijgijlashlariga to‘liq tayyor bo‘lishni buyuradi”, ammo shu bilan bir vaqtda tashqi ishlar vaziriga “Shimoliy Koreya yadro muammosini tinch siyosiy va diplomatik usullar bilan hal qilish yo‘llarini qidirish”ni topshiradi. Birlashuv vazirligi “Koreya yarim orolidagi keskinlikni Seul va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan, Shimolga qarshi xalqaro sanksiyalar haqida unutmagan holda, kamaytirish ustida ishlash” buyrug‘ini oladi.

Liberal lager vakili, “Toburo” Demokratik partiyasi sobiq rahbari Mun Chje In bugungi kunda Koreya Respublikasi prezidenti lavozimiga eng maqbul ko‘rilgan nomzod bo‘lib qolmoqda. So‘nggi ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, unga respondentlarning 40 foizga yaqini ovoz berishga tayyor.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют