» » O‘zbekistonda nima uchun koronavirus aholi orasida ko‘payayotganiga izoh berildi

O‘zbekistonda nima uchun koronavirus aholi orasida ko‘payayotganiga izoh berildi


O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan so‘nggi kunlarda mamlakatda aholi orasida koronavirusga chalinish holat ko‘payayotganiga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Odamlar niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘ydi. Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, mamlakatda karantin tadbirlari hali bekor qilinmagan. Aholi orasida kasallanish sur’ati shu tarzda oshib borsa, karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkin.

Shuningdek, Nurmat Otabekov nima sababdan respublikada kasallik yengil o‘tayotganiga, qariyb 80 foiz bemor kasallikdan tuzalayotganiga ham izoh berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi, asosan, 80 foiz holatda yengil kechadi, 15 foiz holatda o‘rta og‘irlikda va faqat 3-5 foiz holatda og‘ir, ya’ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi. Kasallikka chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini bermoqda.

“Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko‘plab o‘rganiladi. Shuning uchun aniq biror to‘xtamga kelishga hali erta”, — dedi Nurmat Otabekov.

So‘nggi kunlarda, asosan, Toshkent shahri, Samarqand va Navoiy viloyatlarida aholi orasida koronavirusga chalinganlar soni ortib bormoqda. Shuningdek, 1-iyun kuni Sirdaryo viloyatida ham aholi orasida koronavirusga chalinish holati aniqlandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 30-may kuni 2646 kishi karantinga olingani ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют