» » Gurlanda 400 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq bank rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gurlanda 400 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq bank rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


“Agrobank”ning Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi filiali sobiq rahbariga nisbatan 400 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Gurlan tuman bo‘limi tomonidan “Agrobank”ning Gurlan tuman filiali rahbari murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Jizzaxda 105 mln so‘mni talon-toroj qilgan “Agrobank” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aniqlanishicha, bank filialining sobiq rahbari O.Sh.o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda tanishi S.K.ning nomiga “G.Tomorqa” MChJni tashkil etgan. Amalda ushbu jamiyatni O.Sh.ning o‘zi boshqarib, davlat dasturi asosida berilgan mablag‘lar hisobidan korxonaga 400 million so‘m imtiyozli kredit ajratgan. Biroq filialning sobiq rahbari kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflagan, garovga qo‘yilgan mulkni esa soxta hujjatlar bilan garovdan chiqarib olgan hamda juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: Jizzaxda fuqaroning nomiga imtiyozli kredit ajratib, mablag‘larni o‘zlashtirgan sobiq mansabdorlar aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют