» » Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab

Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab


Mavjud vaziyatda uyda o‘tirishdan boshqa chora yo‘q, lekin bu semirib ketishingizga karantin bahona bo‘lolmaydi. Karantin hali qancha davom etishi aniq bo‘lmasligi mumkin, lekin ko‘p yeyish va kam harakatning oqibati nima bilan yakun topishi o‘zingizga yaxshi ayon.

Hayotingiz va salomatligingiz oldidagi mas’uliyatni his qiling

Ishxonadagilar, kursdosh yoki tanishlar uchun emas, avvalo, o‘zingiz, salomatligingiz va sog‘lom hayot kechirishingiz uchun sport bilan shug‘ullanishni boshlang. Serial, kino, telefon — bularning bari vaqt o‘tkazish uchungina xizmat qiladi. O‘z hayotingiz, tanangiz oldidagi mas’uliyatni his qilib, hoziroq o‘z ustingizda ishlashga kirishing.

Maqsad — eng katta motivatsiya

Jismoniy mashqlarni boshlash uchun motivatsiya kerak deysizmi? Natijasi ko‘zni quvontirishi, inson o‘zini qushdek yengil his qilishi mumkin bo‘lgan maqsaddan boshqa yana qanday motivatsiya bo‘lishi mumkin? Siz yaxshilab o‘rnashib olgan divan, qo‘lingizdan tushmaydigan televizor pulti, yog‘ bosishdan kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari yoki qandli diabetga chalinganingizda sizga hech qanday yordam bermaydi.

Juda band bo‘lsangiz ham sog‘ligingiz uchun 1 soatni ayamang

Telefondan hech ham ayrilgisi kelmaydiganlardan bo‘lsangiz, unda ushbu qurilmani o‘z maqsadingiz yo‘lida ishlating. Onlayn sport mashqlarini kuzatib, ularni takrorlang. Jismoniy mashqlar ketma-ketligini o‘zida jamlagan va kuniga necha daqiqa, necha martadan, qanday mashq qilish kerakligini ko‘rsatib turadigan mobil ilovalarni yuklab oling va eng asosiysi, 24 soatdan atigi bir soatni sog‘lig‘ingiz uchun sarflang.

O‘zingizni majburlamang, ongli ravishda bajaring

Jismoniy mashq bajarish bu — majburiyat emas, xohish-istaksiz ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun sport bilan kerakli ekanini anglab, chin ko‘ngildan xohlab shug‘ullaning.

Tez taslim bo‘lmang

Maqsadga darhol erishib bo‘lmasligini, natija bo‘lishi uchun vaqt kerakligini yodda tuting. Katta maqsadga erishishni kichik-kichik harakatlardan boshlang. Bugun 10 ta bajargan mashqingizni ertaga 20 ta bajaring, indiniga yana ko‘paytiring, shunda organizm  zo‘riqmaydi va asta-sekin jarayonga moslashib boradi.

Ham tanani, ham miyani chiniqtiring

Sportni musiqa va audio kitoblar tinglash bilan birga olib boring. Sevimli qo‘shig‘ingizni tinglab mashq qilish sizga zavq bersa, audio kitob va sportni birlashtirish tana va miyani bir vaqtda chiniqtiradi.

Sportga oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni jalb qiling

Bir o‘zingizga sport bilan shug‘ullanish zerikarli bo‘lsa, oila a’zolaringiz bilan yoki onlayn dasturlar orqali do‘stlaringiz bilan bajaring. Ko‘pchilik bilan bajarilgan mashqlar qiziq va maroqli bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют