» » O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan keksalar uchun turistik yo‘llanma qiymati to‘lab beriladi va ular uchun chegirmalar e’lon qilinadi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan keksalar uchun turistik yo‘llanma qiymati to‘lab beriladi va ular uchun chegirmalar e’lon qilinadi


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-son qarori bilan I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun bepul sayohat uyushtirish bo‘yicha imtiyoz joriy etildi.

“Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” dasturiga muvofiq, 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” e’lon qilinadi.

Oylik doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm obyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib boradi, Transport vazirligi, Uzbekistan Airways va “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyalari bilan birgalikda sayohat qiluvchilar uchun chiptalarga ixtiyoriy chegirmalarni e’lon qiladi.

Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi ham madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab “Sayohat barcha uchun!” shiori ostidagi xayriya loyihasi amalga oshiriladi. I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar yiliga bir marta bepul turistik sayohat qilish imkonidan foydalana oladi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga 1-oktabrgacha sayohat qiluvchilar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi topshirilgan.

Sayohat davomida sayohatchilarni joylashtirish, ovqatlanish va transport xizmatlari uchun mablag‘larning 50 foizi xayriya loyihasining maxsus hisob varag‘idan, qolgan qismi “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari evaziga qoplanadi.

Hukumat qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nogironlar va yolg‘iz pensionerlarga birinchi navbatda moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatish, shu jumladan, pensiyalarni to‘lash, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlarini ko‘rsatish vazifasi topshirilgan. O‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz keksalarning turar joylarini ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют