» » Internetda Android smartfonlarni “o‘ldiruvchi” surat paydo bo‘ldi

Internetda Android smartfonlarni “o‘ldiruvchi” surat paydo bo‘ldi


Internetda Android smartfonlarni to‘liq ishdan chiqaruvchi surat haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi. Buning uchun suratni smartfonga yuklab olib, oboy sifatida o‘rnatish kifoya, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Zararli tasvirni oddiy peyzaj surati kabi ko‘rinishga ega, biroq u smartfonga o‘rnatilishi bilan cheksiz qayta yonib-o‘chish boshlanadi — muammoni barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashlabgina hal etish mumkin. Mazkur muammo haqida bir vaqtning o‘zida Android Authority, 9to5Google, Engadget kabi qator yirik nashrlar ma’lum qildi.

Android’ni ushbu nuqsoni “matnli bomba” deyiladi — smartfon ma’lum bir belgilar ketma-ketligi sabab qotib qoladi. Odatdagi hollarda buni bartaraf etish oson, surat sabab esa qurilmadagi barcha ma’lumotlarni to‘liq o‘chirib tashlash kerak.

Android Authority muharriri yangi oboy sabab smartfonning qotib qolishi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Dasturchi Dilan Rassel o‘zining Twitter’dagi sahifasida muammo rangli makonga bog‘liqligini yozib qoldirgan. Android smartfonlar sRGB makonda ishlashga mo‘ljallangan, surat esa RGB hisoblanadi. Shu sababli mazkur muammo Android 10 va undan oldingi versiyalarga taalluqli, Android 11’ning beta-versiyasida esa oboylar hech qanday qotishlarni yuzaga keltirmaydi — tizim suratni original ko‘rinishda taqdim etmay, o‘zining rangli makoniga moslashtiradi.

Ice Universe nikli taniqli insayderning so‘zlariga ko‘ra, Samsung suratga bog‘liq muammo bilan shug‘ullanishni boshlagan va smartfonlarining navbatdagi yangilanishida ushbu muammoni bartaraf etishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют