» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 11 571 kishiga, Tojikistonda esa 4013 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 11 571 kishiga, Tojikistonda esa 4013 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 263 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 11 571 kishiga yetgan. Hozirga qadar 5587 kishi sog‘aygan, 41 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda 2-iyun holatiga ko‘ra, yana 28 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Aniqlangan barcha holatlar — chetdan kirib kelgan.

O‘tgan bir sutka ichida 2 nafar tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan. Ularning barchasi O‘sh shahridan. Shuningdek, 2 nafar tibbiyot xodimiga statsionarlardan javob berilgan.

Qirg‘izistonda hozirga qadar koronavirusga chalinganlar soni 1845 kishiga yetdi. O‘tgan bir sutka davomida 38 bemor sog‘aygan bo‘lib, mamlakatda virusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan jami bemorlar soni 1219 kishiga yetgan.

Hozirda 609 kishi statsionarlarda qolmoqda, ularning 4 nafari jonlantirish bo‘limida.

Tojikistonda 1-iyun holatiga ko‘ra, yana 83 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab virusga chalinganlarning jami soni 4013 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19’ga chalingan bemorlarning 2089 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, ketma-ket besh kundan buyon virus qurbonlari soni o‘zgarishsiz qolmoqda — 47 kishi. Shuningdek, Tojikiston kasalxonalarida 1814 kishi davolanmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 3718 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda 844 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 2859 nafari sog‘aygan, 15 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют