» » “Xalq G‘aniyev kerak emas deyapti”. Farg‘ona hokimidan norozi so‘xliklarning bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvidan lavha

“Xalq G‘aniyev kerak emas deyapti”. Farg‘ona hokimidan norozi so‘xliklarning bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvidan lavha


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Chashma” chegaraoldi hududida yuz bergan mojaro munosabati bilan 1-iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga qilgan tashrifi davomida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda so‘xlik faollar viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning faoliyatidan norozilik bildirgan.

Xususan, bosh vazir bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan mahalliy faol: “Xalq G‘aniyev kerak emas, deyapti”, — deganidan so‘ng, uchrashuvga kelgan boshqa ko‘plab odamlar hayqiriqlar bilan uning bu so‘zlarni olqishlagan. Shundan so‘ng nutq so‘zlayotgan faol bunday talab sababini izohlagan.

“Nima uchun, bilasizmi? Xalq G‘aniyevni hurmat qilardi. G‘aniyev mana bu yerga kelib, ‘kerak bo‘lsa So‘xni xaritadan o‘chirtirib tashlayman’, debdi... Tojikiston bilan Qirg‘izistonga beraman, debdi”, — degan mahalliy faol. Uning bu so‘zlarini aholi vakillari qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu videoyozuv bilan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi yig‘ilish audioyozuvi ham tarqalgan (yig‘ilish aynan qachon, qayerda, nima sababdan o‘tkazilgani ma’lum emas). Unda Farg‘ona viloyati hokimi “So‘xliklar noshukr xalq” degan maqola gazetalarga chiqishga, televideniyeda berishga tayyor turganini aytib, Lenbur qishlog‘i aholisi “shunday qilaversa” uni So‘x xaritasidan o‘chirtirib yuborishini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Video: Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni so‘zga chaqirishi va so‘xliklarning bunga munosabati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют