» » “Manchester Yunayted”ning asosiy transfer maqsadlari ma’lum bo‘ldi

“Manchester Yunayted”ning asosiy transfer maqsadlari ma’lum bo‘ldi


“Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasidagi maqsadlarini belgilab oldi.

Mankunianlar short-listidan “Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho, “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilish va “Suonsi” himoyachisi Jo Rodon o‘rin olgan.

Grilish transferi katta ehtimol bilan sodir bo‘lmaydi. Sababi Pol Pogba jamoani tark etmasligi oydinlashmoqda. Koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz vaqtida “Yunayted” fransiyalik futbolchi uchun talab qilayotgan pulni birorta jamoa to‘lay olishiga shubha bor.

Rodon sotib olingan taqdirda Manchester shahri klubi avvaldan kuzatib kelgan Dayo Upamekano (“Leypsig”) va Kalidu Kulibali (“Napoli”) kabi qimmat futbolchilar transferidan voz kechadi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” nishonida bo‘lgan yana bir necha futbochlilar bor: “Vulverhempton” forvardi Raul Ximenes va “Vest Hem” yarim himoyachisi Deklan Rays.

The Independent xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” “Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterling variantini ham ko‘rib chiqmoqda. “Yunayted” ikki yilga Chempionlar Ligasidan chetlatilgan “shaharliklar” futbolchini transferga qo‘yishidan umidvor.

“Manchester Yunayted” Sterling transferiga katta urg‘u bergan. Biroq Angliya terma jamoasi vingeri “Siti”ni tark etgan taqdirda “Real”ga yo‘l olishi taxmin qilinmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют