» » Er xotinidan kichik bo‘lgan Bollivudning 10 ta yulduzli juftligi (foto)

Er xotinidan kichik bo‘lgan Bollivudning 10 ta yulduzli juftligi (foto)


O‘zlaridan katta ayollarga uylangan hind aktyorlari yoki aksincha o‘zlaridan bir necha yosh kichik aktyorlarga turmushga chiqqan aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

Abhishek Bachchan va Ayshvariya Ray

44 yoshli Abhishek rafiqasi Ayshvariyadan uch yosh kichkina. Ular 2007-yilning 20-aprelida turmush qurgan. Yulduzli juftlik hozirda Aradhya ismli qiz farzandini tarbiyalab kelmoqda.

Karan Singh Grover va Bipasha Basu

Bollivud aktyori Karan Singh Grover rafiqasi Bipasha Basudan uch yoshga kichik. Dastlab Karanning onasi yoshlari o‘rtasidagi tafovut tufayli o‘g‘lining aktrisaga uylanishiga qarshi bo‘lgan. Oradan biroz vaqt o‘tib esa ularning turmush qurishiga rozilik bildirgan.

Karan va Bipasha 2016-yilning 30-aprelida turmush qurgan.

 Farxan Axtar va Adxuna Babani

Rejissor, teleboshlovchi, xonanda, prodyuser, ssenarist va aktyor Farxan Axtar 2000-yilda o‘zidan olti yosh katta bo‘lgan Adxuna Babaniga uylangan.

Farxan va Adxuna “Yurak amri” filmiga ssenariy yozayotganida tanishgan. Ularning nikohi 2017-yilda bekor qilindi. Juftlikning ikki qizi Adxuna bilan yashaydi.

Arjun Rampal va Mehr Jessiya

Taniqli hind aktyori Arjun Rampal o‘zidan ikki yosh katta rafiqasi, “Hindiston go‘zali” Mehr Jassiya bilan 20 yil yashagan. Ular kutilmaganda ajrashguniga qadar hamma uchun vafo va muhabbat ramzi edi. Juftlikning ajrashishiga Arjunning o‘zidan 21 yosh kichik model Gabriella Demetriadesga ko‘ngil qo‘ygani sabab bo‘ldi.

Saif Ali Xon va Amrita Singh

Amrita yosh Saifga ko‘ngil qo‘yganida allaqachon Bollivud yulduzi edi. Ular 1991-yilda turmush qurgan. O‘shanda Saif endigina 21 ga kirgan, Amrita esa 33 yoshda edi. Ular Saifning ota-onasi qarshiligiga qaramay nikohdan o‘tgan.

Yoshlari o‘rtasidagi 12 yillik farq ularning baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmadi. Saif va Amrita ikki farzandli bo‘ldi. Biroq 13 yillik turmushdan so‘ng ular ajrashishga qaror qildi.

Hozirgi kunda Saif aktrisa Karina Kapurga uylangan, ularning Taymur ismli o‘g‘li bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют