» » Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”

Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantinoni tanqid qildi.

“Janni Infantino futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi. U hamma narsaning ko‘p bo‘lishini xohlayapti.

48 ta terma jamoa ishtirokida Jahon Kubogi, 24 jamoadan iborat klublar o‘rtasidagi yirik Jahon chempionati, ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokchilar sonini 24 tadan 32 taga ko‘paytirish. Bularning barchasini qilish imkonsiz.

Infantino o‘zi bilan o‘zi o‘ynayapti, chunki u o‘z qobig‘iga o‘ralib olgan. Shuningdek, o‘ziga bino qo‘ygan. U takabbur va assotsiatsiya masalalarini uning rahbarlari bilan muhokama qilmay qo‘ygan. Infantino faqat davlat rahbarlari bilan muloqot qilmoqda”, — deydi Blatter.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, Infantino 2016-yilning fevral oyida Blatterning o‘rnini egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют