» » Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan Navoiy viloyatiga salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi

Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan Navoiy viloyatiga salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi


“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa tashkilotlar ko‘magida O‘zbekistonning ekologik jihatdan noqulay mintaqalariga salomatlik poyezdlari jo‘natilib, ushbu hududlarda sog‘lomlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondidan ma’lum qilishlaricha, Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan navbatdagi tadbirni yuqori saviyada tashkil etishga alohida tayyorgarlik ko‘rilgan. Salomatlik poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilgan. Navoiy viloyatida 27-aprelga qadar salomatlik kunlari o‘tkaziladi. Bu tadbirlarni tashkil etishda poytaxtdan borgan shifokorlarga mahalliy mutaxassislar, xususan, fondning Navoiy viloyati ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari ko‘mak beradi.

Salomatlik poyezdi Navoiy, Konimex, Qora-qata, Mustaqillik, Qizilquduq, Buzaubay, Uchquduq II stansiyalariga yaqin hududlarda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, viloyatdagi markaziy shifoxonalar, bolalar shifoxonalari, tug‘ruq majmualari va maxsus maktab-internatlarga insonparvarlik yordami yetkaziladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют