» » Germaniyada noyob “parvoz qiluvchi” yuk mashinasi sotuvga qo‘yildi

Germaniyada noyob “parvoz qiluvchi” yuk mashinasi sotuvga qo‘yildi


Germaniyada bir o‘rindiqli noyob Innotruck yuk mashinasi sotuvga qo‘yildi. Futuristik avtomobil ustida dunyoga mashhur dizayner Luiji Kolani ish olib borgan, deb yozadi James Edition.

Innotruck 2012-yilda paydo bo‘lgan. Siemens kompaniyasining buyurtmasi asosida mazkur yuk mashinasini yaratishda Kolani Myunxen texnika universiteti mutaxassislari bilan birgalikda ishlagan.

Mashina tashqi ko‘rinishi jihatidan reaktiv samolyot va kosmik kemani yodga soladi. Innotruck’ning o‘ziga xosligi kuzov ostida joylashgan bir o‘rindiqli kabinaga egaligida. Noodatiy joylashuv va panorama oynalari sabab haydovchida parvoz hissi uyg‘onadi.

Kabina sensor displeylari bilan jihozlangan bo‘lib, salonni har bir haydovchi uchun individual ravishda qulaylashtirish mumkin. Yuk mashinasining yo‘lovchi salonida esa dam olish xonasi va oshxona bor.

Innotruck avtonom. U quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida energiyani o‘zi ishlab chiqara oladi. Ushbu yuk mashinasini xarid qilishni istaganlar bir narsaga e’tibor qaratishlari lozim, muhandislar uni qayta jihozlamoqda — gibrid dvigatel o‘rnini elektrodvigatel egallaydi.

Shuningdek, bu turdagi avtomobil bilan jamoat yo‘llari orqali harakatlanish mumkin emas, chunki uning tegishli sertifikati yo‘q.

Futuristik yuk mashinasining narxi noma’lum. U faqat xaridorlarga aytiladi.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi yuk mashinasidan ikkita yaratilgan. Bittasi hozir sotilmoqda, ikkinchisiga Kolanining oilasi egalik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют