» » Qurilish vazirligi Sardoba falokati oqibatida avval e’lon qilinganidan ko‘ra ko‘proq uyga zarar yetganini ma’lum qildi

Qurilish vazirligi Sardoba falokati oqibatida avval e’lon qilinganidan ko‘ra ko‘proq uyga zarar yetganini ma’lum qildi


O‘zbekiston Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov 2-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar natijasida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgani aniqlangan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda.

Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punkti) dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4351 ta xonadon zarar ko‘rgani, xonadonlardan 2570 tasi yaroqsiz va 1781 tasiga qisman zarar yetgani haqida ma’lum qilgandi.

Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, uylarni ta’mirlash uchun 4,6 milliard so‘m, obodonlashtirish ishlariga 3,8 milliard so‘m sarflanadi. Biroq “Yuksalish” umummilliy harakati 1773 ta uyni ta’mirlash uchun 123 milliard so‘m yo‘naltirilishini ma’lum qilgandi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, pudratchi korxonalar tomonidan 13 765 nafar ishchi va 722 ta maxsus transport vositasi jalb qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, uy-joylarni ta’mirlash uchun 4,8 ming tonna sement, 600 kvadrat metr qurilish oynasi, 1,5 ming tonna ohak, 5,2 ming kub metr taxta, 32,3 tonna lok-bo‘yoq, 167,2 mingta shlakablok, 13,7 ming kub metr qum, 15,1 ming kub metr sheben, 213,2 ming kvadrat metr profnastil, 16,7 tonna mix, 119,2 tonna armatura va boshqa zarur qurilish materiallari olib kelingan.

Shuningdek, Sardoba tumanida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumanida 20 ta 800 xonadonli, Mirzaobod tumanida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют