» » Buxoroda yovvoyi to‘ng‘izni ovlagan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

Buxoroda yovvoyi to‘ng‘izni ovlagan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi


Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Peshku tuman inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yovvoyi to‘ng‘izni ovlagan fuqaro aniqlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 31-may kuni navbatdagi tezkor tadbir davomida Peshku tumanidagi Obidxo‘ja qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.M. qo‘shnisi boshqaruvidagi Damas avtomashinasi bilan “Qora qir cho‘l” hududidan harakatlanib kelayotgan vaqtida tuman Bioxilma-xillik inspeksiyasi inspektori tomonidan to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida mashinada 2 ta xaltada bo‘lgan bir dona yovvoyi to‘ng‘iz va ov quroli borligi aniqlangan. Fuqaro S.M. ov qoidalarini buzganligi uchun unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) bilan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют