» » Janubiy Koreya va AQSh HHKning 100 ga yaqin samolyoti Max Thunder mashg‘ulotlarida ishtirok etadi

Janubiy Koreya va AQSh HHKning 100 ga yaqin samolyoti Max Thunder mashg‘ulotlarida ishtirok etadi


Koreya Respublikasida Janubiy Koreya — AQSh Harbiy-havo kuchlarining Max Thunder o‘quv mashg‘ulotlarining faol fazasi boshlandi. Bu haqda mamlakat Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Mashg‘ulotlarda AQSh yettinchi havo armiyasi va Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlarining 100 ga yaqin samolyoti — qiruvchi samolyotlar, hujum qiluvchi, bombardimonchi, transport samolyotlari, havo razvedkasi samolyotlari ishtirok etmoqda”, — deyiladi hujjatda.

Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, 28-aprel kuni yakunlanadigan mashg‘ulotlarda KXDR tomonidan provokatsiya amalga oshirilgan holatlardagi javob harakatlari, jumladan, yuqori aniqlikdagi qurol turlarini qo‘llash orqali bomba uloqtirish, shuningdek, dushman raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tish kabilar ishlab chiqilmoqda.

Max Thunder Koreya Respublikasida 2009-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют