» » Prezident Emmanuel Makron Fransiya baxtli kunlarga qaytishga yaqin turganini ma’lum qildi

Prezident Emmanuel Makron Fransiya baxtli kunlarga qaytishga yaqin turganini ma’lum qildi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda koronavirus pandemiyasiga qarshi e’lon qilingan turli cheklovlarning yumshatilishi — baxtli kunlar yaqinlashib qolganining belgisi ekanini ta’kidladi. U bu haqda 2-iyun kuni Twitter’dagi sahifasida post qoldirgan.

Makronning yozishicha 14-martda Fransiyada “o‘zini yakkalash” tartibi joriy qilinganidan shuncha vaqt o‘tib, endi mamlakatda ilk bora mehmonxonalar, kafelar va restoranlar qayta ochila boshlagan. Uning qayd etishicha, ushbu o‘zgarishlar baxtli kunlar yaqin qolganidan darak bermoqda.

“Fransiya xalqining qayta ochilgan ushbu maskanlarga borishi va millat ruhining bir qismiga aylangan ushbu yerlarga tashrif buyurishiga shubha yo‘q. Bu bizning madaniyatimiz va yashash tarzimiz”, — degan Makron.

“Bundan tashqari, bu kabi maskanlar hukumatdan ham yordam so‘rashi mumkin – davlat ushbu sektorga ko‘mak berishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qilgan Fransiya prezidenti.

Mavzuga doir: Fransiyada COVID-19’ga qarshi qo‘llaniladigan gidroksixloroxinning sinovlari to‘xtatiladi

2-iyun holatiga ko‘ra Fransiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 152 ming nafardan oshgan, 68 ming kishi COVID-19’dan tuzalgan, 28 833 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: “Taksi” filmi yulduzi Marion Kotiyyarda koronavirus aniqlandi

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 6,26 milliondan oshib ketgan. Pandemiya boshlanganidan beri 375 mingdan ziyod o‘lim holati qayd etilgan, 2,69 million kishi koronavirusdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют